Neymar Messining PSJga moslashib ketishida qanday yordam bergani haqida gapirib berdi

Sherzod Nurmatov
10 sen 2022, 12:55
PSJ hujumchisi Neymar argentinalik hujumchi Lionel Messining Parijga moslashishiga yordam berganini aytdi.

"Biz Leo bilan anchadan beri tanishmiz. Men unga maydonda va mashg'ulotlarda yordam berdim, ko'p gaplashdik. Unga oson bo'lmadi, chunki u ko'p yillardan beri "Barselona"da yashardi. U va uning oilasi uchun ko'p narsa o'zgardi. Biroq hozir Parijda o'zini uydagidek his qilyapti. Men u uchun hammasi oson bo'lishini xohlayman. Oldinda bizni juda ko'p ishlar kutib turibdi, buni uddalay olamiz", – dedi Neymar.

30 yoshli Neymar joriy mavsum 8 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 35 yoshli Messi 8 ta uchrashuvda 4 ta gol urdi va 6 ta golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com