Neymar: "Messi men ko'rgan eng zo'r o'yinchidir"

Alisher
17 iyul 2019, 18:19
PSJ forvardi Neymar yana bir bor o'zining sobiq jamoadoshi Lionel Messi haqida fikr bildirdi.

27 yoshli braziliyalik futbolchi shu yozda jamoasini o'zgartirmoqchi.

"Men Messini dunyodagi eng kuchli futbolchi deb hisoblayman. U men ko'rgan eng yaxshi futbolchidir. Biz u bilan yaxshi aloqada bo'lganmiz. Leo bilan o'ynash menga katta g'urur va faxr berar edi. Bundan tashqari, biz u bilan do'stmiz", - deydi Neymar.

Neymarning PSJ bilan shartnomasi 2022 yilga qadar davom etadi.

O'yinchi 2018/19 yilgi mavsum PSJ tarkibida 28ta o'yin o'tkazdi. Uning hisobida 23ta gol va 13ta assist bor. 

transfermarkt.de futbolchini 180 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal.com