Neymar Liga 1ning ikki uchrashuvida maydonga tushmaydi

Aslanov Jasurbek
4 dek 2018
PSJ hujumchisi Neymar "Bordo"ga qarshi Liga 1ning 15-tur o'yinida jarohat oldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 26 yoshli braziliyalik futbolchi oyog'ida og'riq his qilmoqda. Parij jamoasi murabbiylar shtabi "Crvena Zvezda"ga qarshi bahsga to'liq tayyor bo'lishi uchun Neymarga tatil taqdim etdi. Neymar "Strasburg" hamda "Monpele" bilan bo'ladigan Fransiya chempionati o'yinlarida ishtirok etmaydi.

"Crvena Zvezda" hamda PSJ o'rtasidagi uchrashuv 11 dekabr kuni Parijda bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L'Equipe