Neymar "Kamp Nou" stadioni tunelida Barrangaga suv to'la idish uloqtirdi

Aslanov Jasurbek
18 apr 2016
"Barselona" hujumchisi Neymar "Valensiya"ga qarshi Ispaniya chempionati 33-tur bahsidan so'ng o'zini tutib tura olmadi.

Braziliyalik futbolchi mag'lubiyatdan g'azablanib, "ko'r shapalaklar" himoyachisi Antonio Barranga bilan janjallashdi. Neymar kiyinish xonasiga olib boruvchi tunelda Barrangaga suv to'la idishni uloqtirdi, ammo u "Valensiya" futbolchisiga tegmadi. Lekin bu harakat janjalga sabab bo'ldi. Bungacha Neymar maydonda Barrangaga yaqinlashib unga bir nimalar degan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca