Neymar jarohatidan keyingi ilk mashg'ulotini o'tkazdi

Mirjalol Normatov
25 fev 2021
PSJ hujumchisi Neymar Fransiya Kubogining 1/32 finali doirasida "Kan"ga qarshi o'yinda jarohat olgandi.

"Le Parisien" nashrining yozishicha, futbolchi bugungi mashg'ulotda qatnashib, maydonda yugurgan. Ammo hali to'p bilan ishlaganicha yo'q.

Neymarning chap oyog'i mushaklari jiddiy jarohatlangandi. Nashrning yozishicha, uning qaytishi uchun 4 hafta kerak bo'ladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Le Parisien