

Tomonlar o'rtasidagi suhbat dushanba kuni bo'lib o'tgan. Neymar rahbariyat vakiliga Real va Yuventusga o'tish niyati yo'qligini bildirib, Barselonaga qaytishni istayotganini aytgan.
Aytish joizki, hozirda Barsa vakillari Neymarning transferini hal qilish maqsadida Parijga uchib ketgani aytilmoqda. Kataloniyaliklar 27 yoshli hujumchi uchun PSJga 170 mln. evro hamda vinger Usmon Dembeleni taklif qilish niyatidalar. Shuningdek, himoyachi Nelson Semedu ham kelishuvga qo'shilishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, yozgi transfer oynasi 6 kundan so'ng yopiladi.



