Neymar "Barselona"ga o'z xizmatlarini taklif qildi

Aslanov Jasurbek
30 may 2019, 20:25
PSJ hujumchisi Neymar Kataloniya klubiga qaytishi mumkin.

Bu haqda  El Golazo de Gol ko'rsatuvida ispaniyalik jurnalist Luis Maskaro ma'lum qildi.

Manbaning ma'lumotiga ko'ra, 27 yoshli forvard shaxsan o'zi "Barselona"ga o'z xizmatlarini taklif qilgan. Kataloniyaliklar braziliyalikning transferi borasida izlanishga tushib ketishgan. "Barsa" rahbariyati Usmon Dembeleni berish evaziga Neymarning transfer narxini qisqartish variantini o'rganib chiqmoqda. 

Qayd etish kerak, Neymar "ko'k-anorranglilar" sharafini 2013-2017 yillar davomida himoya qilgan (186 o'yin, 105 gol).

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia