Neymar “Barsa”ga Unsue bosh murabbiy bo'lishini istamoqda

Aslanov Jasurbek
5 may 2017
“Barselona” hujumchisi Neymar jamoaga Xuan Karlos Unsue bosh murabbiy bo'lishini xohlamoqda.

Jamoaning hozirgi murabbiyi Luis Enrike mavsum yakunida jamoani tark etadi. Neymar esa Enrikedan keyin uning assistenti Unsue jamoani boshqarish tarafdori. Agar jamoaga boshqa murabbiy taklif etilsa, “Barselona”ning o'yin falsafasi o'zgarib kyetishi mumkin bu esa Neymarga yoqmayapti.

Bu haqda Neymarning otasi “Barselona” rahbariyatiga o'g'lining fikrlarini ma'lum qilgan. Neymardan tashqari Jerar Pike, Andres Inesta singari futbolchilar ham braziliyalik futbolchining fikrini qo'llab-quvvatlashmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UOL Esporte