Neymar 2017 yildan beri ilk bor penaltidan gol ura olmadi

Alisher
16 dek 2019, 11:30
PSJning braziliyalik hujumchisi Neymar Fransiya chempionati doirasidagi "Sent-Eten"ga qarshi o'yinda penaltidan foydala olmadi.

O'yinning 62-daqiqasida Neymar 11 metrlik jarima zarbasidan foydalana olmadi. Hisob o'sha paytda parijliklar foydasiga (2:0) edi.

27 yoshli futbolchi so'nggi bor 2017 yilning noyabr oyida penaltidan gol ura olmagan. O'shanda Braziliya terma jamoasi safida Neymarning zarbasini Yaponiya terma jamoasi darvozaboni Eyji Kavashima qaytargan edi. U shundan so'ng 13ta penaltini aniq ijro etgan.

Eslatib o'tamiz, "Sent-Eten" va PSJ jamoalari o'rtasidagi o'yin 0:4 hisobida yakunlandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia