Nevill TAAni Bekxem, Jerrard va De Bryuynega o'xshatdi

Eldor Akmurzayev
21 dek 2021, 08:25
Angliya TJ sobiq himoyachisi Gari Nevill “Liverpul” a'zosi Trent Aleksandr-Arnold haqida iliq fikrlar bildirdi.

23 yoshli fulbek joriy mavsum APLda 16 o'yinda qatnashib, 2+8 natija ko'rsatmoqda.

“Trent Aleksander-Arnold – agar uzatmalarning sifati haqida gapiradigan bo'lsak, u mutlaq fenomen. Uning paslari bu men oldin hech qachon himoyachilardan ko'rmagan jihatdir. U Kevin De Bryuyne, Devid Bekxem va Stiven Jerrardga o'xshash. Ammo ular hujumkor futbolchilar, u esa o'ng qanot himoyachisi sifatida o'ynaydi. Bu men uchun hayratlanarli”, deydi Nevill.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports