Nevill Sterlingni tanqid qilayotganlarga javob berdi

Mirjalol Normatov
8 iyul 2018, 17:40
Angliya va "Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Gari Nevill milliy jamoa hujumchisi Rahim Sterling borasida gapirdi.

"Jirkanchli. Shvetsiya bilan bahsning tanaffusida ijtimoiy tarmoqlarni titkilab chiqdim. Bunday tanqidlar o'rinsizdir, Rahim bunga loyiq emas. Sterling juda yaxshi o'ynadi. U Grankvistga tinchlik bermadi, bo'sh zonalar qoldirmadi. Ha u yaxshigina vaziyatni ko'kka sovurdi. Biroq ajoyib o'yin o'tkazdi", - dedi Gari.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports