Nevill - MYUning o'yini haqida: "Bir hafta davomida jamoaning o'yinini tezlashishini aytishgandi"

Mirjalol Normatov
12 dek 2021, 14:48
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Gari Nevill jamoaning APL doirasida "Norvich"ga qarshi o'yinidan mamnun bo'lmadi.

"Unchalik yaxshi o'yin bo'lmadi. "Yunayted"ning istalgan raqibi etarlicha muammolar keltirmoqda. "Brentford"ga qarshi boshqacharoq o'ynashi kerak, aks holda jamoa mag'lub bo'ladi.

Rangnik qo'l ostidagi birinchi o'yindan keyin bir hafta davomida hamma MYUning faollashishini aytgandi, chunki ular yuqori pressing qila olishdi. "Norvich" bilan esa unday bo'lmadi. To'p bilan va to'psiz o'yinni tushunish qiyin bo'ldi.

Ushbu futbolchilarda bahsga tayyorlanish uchun bir hafta vaqt bo'lgandi. Biroq ular ilk daqiqalardanoq sekin harakat qilishdi. O'yin shunchalik sekinki, bunga ishonib bo'lmaydi. Ularning to'p yo'qotishini ko'rib esa aqlni yo'qotish mumkin.

MYUga kuch yetishmayotgani men uchun ham topishmoq. Seshanba kungi o'yindan keyin biz ham Rangnik kabi ko'p narsalarni bilib olamiz. U hali ham futbolchilarni o'rganish jarayonida", - dedi Nevill.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal