Nevill: "Mourinyoning davri o'tdi? Ahmoqlik"

Mirjalol Normatov
14 sen 2018, 00:56
"Sky Sports" teleeksperti Gari Nevill "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyoga bo'lgan munosabatlari yaxshi ekanligini aytdi.

"Mourinyoda og'ir davrlar o'tmoqda, biroq murabbiy sifatida uning davri o'tdi deyish ahmoqlik. 2003-2006 yillar davomida APLni yuta olmaganimizda odamlar Ser Aleks davri o'tdi deb hisoblagandi.

Joze - ajoyib murabbiy. Ishonasizmi yoki yo'q men uchun shunday. MYUning "Tottenxem"ga qarshi ko'rsatgan o'yini juda ham yoqdi. Jamoa "Byornli" bilan o'yinda ham u yaxshi uslubni tanladi. Jamoaning o'yini o'sishiga ishonaman", - dedi Nevill.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal