Nevill: "Man Siti" hech qachon MYUdek buyuk klub bo'la olmaydi"

Sherzod Nurmatov
9 fev 2023, 13:13
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Gari Nevill "Manchester Siti"ning hozirgi holati haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Manchester Siti" homiylik va tijoriy daromadlarni "Manchester Yunayted", "Real" va "Liverpul"dan ko'proq ko'rsata boshlaganida, odamlar bu yerda nimadir noto'g'ri ketmoqda deb o'ylashdi.

"Siti" hech qachon "Manchester Yunayted"dek buyuk bo'la olmaydi. Biroq hozir u ko'p pul topyapti, bu g'alati.

Agar futbolda haqiqiy moliyaviy barqarorlik muhim bo'lganida, ehtimol, MYU har doim chempionatda g'olib chiqqan bo'lardi. Ammo agar futbolda moliyalash imkoniyati bo'lmaganida, biz hech qachon "Brentford", "Bornmut", "Brayton" kabi klublarni ko'rmagan bo'lardik", – dedi Nevill.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Manchester Evening News