Nevill: "Kepa har qanday himoyani halokatga olib boradi"

Aslanov Jasurbek
30 may 2019
"Manchester Yunayted"ning afsonaviy futbolchisi Gari Nevill "Chelsi" darvozaboni Kepa Arrisabalaganing EL finalida "Arsenal"ga qarshi ko'rsatgan o'yiniga (4:1) fikr bildirdi.

Gari Nevill ispaniyalikning EL finalida namoyish etgan o'yiniga salbiy munosabat bildirdi.

"Bu shaxsiy fikr emas, ammo Kepa singari posbonlarni qabul qila olmayman. U istalgan himoyani halokatga olib boradi.

P.S. Hozir u balki o'yinning eng yaxshi futbolchisi bo'lsa kerak!", - deya Nevill Tvitterdagi rasmiy sahifasida kesatiq aralash fikr bildirdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/GNev2