Nevill: "Ibragimovich - bu yangi Kantona, u haqiqiy yetakchi"

Aslanov Jasurbek
27 fev 2017, 15:49
"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Fil Nevill mankunianlar hujumchisi Zlatan Ibragimovichni "qizil iblislar" sobiq forvardi Erik Kantona bilan tenglashtirdi.

"Zlatan yetakchi. Runi Kubokni ko'tardi, ammo maydonda Ibragimovich haqiqiy yetakchi. Kantona maydonga yoqasi ko'tarilgan futbolkada chiqqanida uni "Old Trafford"ning g'arbiy sektori juda yoqtirar edi. Ibragimovich bilan ham shunday.

Yangi jamoani boshqarsangiz, sizga yigitlarni ortidan ergashtiradigan futbolchi kerak bo'ladi. Ibragimovich Mourinyo uchun aynan shunday futbolchiga aylandi" - deydi Nevill.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports