Nevill: "Cherishev - Angliya futboli uchun ideal futbolchi"

Mirjalol Normatov
15 iyun 2018, 14:21
"Sky Sports" kanali eksperti Gari Nevill Rossiya termasi futbolchisi Denis Cherishevning o'yinlariga baho berdi.

"Denis "Valensiya"da 4 yoki 5 oy ijarada o'ynadi va jamoada mendan-da ko'proq bo'ldi.

Cherishev chap oyog'ida yaxshi zarbalarni bera oladi. Buni biz Saudiya Arabistoniga urgan ilk golida ko'rdik. U har doim to'pni chap oyog'iga olishga harakat qiladi. Cherishev - Angliya futboli uchun ideal darajadagi futbolchi deb ayta olaman. Uning eng kuchli tomoni - harakatchanligi.

Jahon chempionatida bizni ajoyib syurprizlar kutmoqda. Denis o'yinni zaxirada boshlagandi, biroq u maydonga tushib, o'yinning asosiy yulduziga aylana oldi", - dedi Nevill.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: SkySports