Nemis klubi PSJ hujumchisini sotib olishi mumkin

Alisher
22 iyun 2019
PSJ hujumchisi Kristofer Nkunku faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin.

21 yoshli forvardga "Leyptsig" klubi qiziqmoqda.

Nkukuning bahosi 15 million evroga baholamoqda. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2020 yilgacha amal qiladi. Shunday ekan, PSJ shu yozda futbolchining sotuvi bo'yicha bo'ladigan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.

Nkuku PSJda umumiy hisobda 78ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol urishga erishgan.

Futbolchi "Pari Sen-Jermen" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va Fransiyaning turli yoshdagi termalarida to'p tepgan va hozirda Fransiyaning U-21 terma jamoasida harakat qilmoqda.


AlisherMuallif
Manba: L'Equipe