Nematillo Quttiboev: “Yo'qotishlar sabab rotaciyalarga majbur bo'layapmiz”

Administrator
18 sen 2024, 22:41
Pro liganing 20-turidan o'rin olgan “Aral” - “Buxoro” (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Nematillo Quttiboev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Avvalo jamoa muxlislarini g'alaba bilan qutlayman. O'yin bizning nazoratimiz ostida o'tdi. Vaziyatlarni ko'proq yaratdik. Yigitlarda g'alaba uchun kuchli hohish bor edi. Harakat qildik va g'alabaga erishdik. 

- A'zamjon Aliev bugun o'rta chiziqda harakatlandi. Buning sababi nima, o'yinga tanlangan rejami?

- O'tgan turda Obid Jo'raboev to'rtinchi sariq kartochkasini olgandi. Bugun shu yo'qotish sabab turli o'zgarishlarga qo'l urdik. A'zam Aliev va Salamat Quttiboevlar himoyada yordam berishdi. Yo'qotishlar sabab, shunday uslubda o'ynashga majbur bo'ldik.

- Arislan Yusupbaev zaxiradan tushib, gol urdi. Navbatdagi uchrashuvlarda uni asosiy tarkibda ko'ramizmi?

- Buni hozir ayta olmayman. O'yindan oldin undan bugungi uchrashuvga tayyorligi haqida so'radim, o'ynay olaman dedi. Barchaga imkoniyat beramiz.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia