Nematillo Quttiboev: "O'yindan oldin durang natijaga balki rozi bo'lardim"

Mirjalol Normatov
10 okt 2023, 23:30
Pro-liga 20-turidan o'rin olgan "Sho'rtan" - "Aral" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Nematillo Quttiboev matbuot anjumanida ishtirok etdi.


O'yin haqida

- Qiyin o'yin o'tkazdik. Har ikki jamoa uchun ham g'alaba zarur edi. Teng o'yin bo'ldi deb o'ylayman. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqada gol o'tkazib yubordik.

- Jamoa g'alaba qozonib turgan vaqtda almashtirishlar to'g'ri bo'ldi deb hisoblaysizmi?

- Almashtirishlar majburan amalga oshirildi. Bir futbolchimiz jarohat oldi, yana biri almashtirishimizni so'radi. Shu bois o'zgarishlarga qo'l urdik.

- Sizningcha, bugungi o'yinda VAR tizimiga muhtoj bo'lgan vaziyatlar bo'ldimi?

- Ha, shunaqa bahsli vaziyatlar bor edi. Masalan, ikkinchi bo'lim boshida "Sho'rtan" hujumchisi birga-bir chiqib bordi. Nazarimda shu vaziyatda o'yindan tashqari xolat bor edi.

- O'yindan kelib chiqsa, natija adolatlimi?

- O'yindan oldin balki durang natijaga rozi bo'lardim. Biroq, o'yin davomida g'alaba uchun harakat qildik. Hakam tomonidan 7 daqiqa qo'shildi, o'sha daqiqalarda raqib gol urib ketdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia