Nematillo Quttiboev: "O'yin taqdirini birinchi bo'limda kiritilgan gollar hal qildi. Ikkinchi taymda natija uchun o'ynadik"

Оқил Абдубарноев
13 iyun 2024
Pro liganing 12-turidan o'rin olgan "Aral" - "Sho'rtan" (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Nematillo Quttiboev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz...

- Yaxshi, qiziqarli o'yin guvohiga aylandik. Kurashlarga boy uchrashuv bo'ldi. Ikkinchi bo'limda natija uchun o'ynadik. O'yin taqdirini birinchi bo'limda kiritilgan gollar hal qildi.

- Zaxiradan o'yinga tushganlar sizda qanday taasurot qoldirdi?

- Yaxshi, albatta. Lekin Arislan Yusupbaev uzoq vaqt maydondan tashqarida qolgandi. U yaxshi harakat qildi, o'yinni buzib qo'ymadi. Unga avvalgi darajasini tiklab olish uchun bir oz vaqt kerak.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia