

- Juda shiddatli o'yin bo'ldi. Yigitlar borlarini berib harakat qilishdi. Biroq, aytib o'tganimdek, bugun oson o'yin o'tkazmadik.
Ikkinchi bo'limda "So'g'diyona" tarkibida kuchli futbolchilar maydonga tushdi. Albatta, bu natijaga o'z ta’sirini ko'rsatmasdan qolmadi. Ikkinchi bo'limning oxiriga kelib jamoamiz yigitlarida charchoq alomatlari yaqqol ko'zga tashlandi" - deydi nukusliklar ustozi.



