Neymar professional sifatida faoliyatining birinchi besh yilida Messi va Ronaldu urgan gollardan o'zib ketdi

Aslanov Jasurbek
13 noya 2014, 12:44
"Barselona" hujumchisi Neymar professional faoliyatining birinchi besh yilligi bilan solishtirganda Lionel Messi va Krishtiano Ronalduni gol urish borasida ortda qoldirdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Neymar hisobida 205ta gol mavjud, Messi va Ronalduda esa 125ta va 118ta.  Ammo bu yillarning ko'pini Neymar "Santos" safida o'tkazgan. O'zining birinchi professional 5 yilini Messi "Barselona"da, Ronaldu "Sporting" va "Manchester Yunayted"da boshlagan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com