Neymar: Messi – bu Messi. Leo nafaqat Ispaniyada, Angliya va Italiyada ham ko'p gol urardi"

5 iyun 2015, 09:08
Barselona hujumchisi Neymar YCHL finali oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Chempionlar ligasi finalida o'ynash mening bolalikdagi orzuyim. Men bu orzuyim amalga oshishiga juda yaqinman. Umid qilamanki, finalda yaxshi o'ynayman va g'alaba qozonamiz. Kellinining so'zlari? Messi - bu Messi. Leo nafaqat Ispaniyada, Angliya va Italiyada ham ko'p gol ura oladi.

Men o'z o'yin uslubimni o'zgartirmayman. Sababiki, bu narsa ko'pchilikni g'ashini keltiradi.


Manba: sports.ru