
"Chempionlar ligasidagi g'alabani bolalik paytlarimdan beri orzu qilaman. Bu turnirni "Barselona" bilan qo'lga kiritish, men uchun katta ahamiyatga ega. "Real"ga keladigan bo'lsak, tarkibida eng yaxshilar yig'ilgan kuchli jamoa. Ammo men jamoadoshlarimga ishonaman va mavsum natijalariga ko'ra, "Barselona" birinchi bo'lishiga ishonaman" - deydi Neymar.
Eslatib o'tamiz, 16-turdan so'ng "Barselona"na Primeroda "Real"dan bir ochko ortda qolib, ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Lekin "Qirollik klubi"da bitta o'yin kam.