Neymar, Mate va Xavi "Barselona"ning umumiy guruhiga qaytishdi

Narzulla Saydullayev
11 avg 2014, 19:30
Bugun "Barselona" hujumchisi Neymar umumiy guruhga qaytdi.
Braziliyalik futbolchi JCH-2014da olgan jarohatidan so'ng ilk bor kataloniyalik jamoadoshlari bilan birga shug'ullandi. Eslatib o'tamiz, futbolchi bir qancha vaqt individual mashqlarni bajarayotgan edi. U 2013/14 yilgi mavsumda 41 ta uchrashuvda 17 ta golga mualliflik qilgan.

Bundan tashqari, umumiy guruhga Xavi va Jeremi Mate ham qaytdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru