
Kruiff oldinroq bir kemada ikki kapitan bo'lmasligini takidlagan edi.
"Hali men "Barselona"ga ko'p narsani taqdim qila olaman. Messi - men ko'rgan futbolchilar ichidagi eng zo'ridir. Faoliyatimdagi eng yaxshi damlarni boshimdan kechiryapman deya olmayman, ammo "Barselona"ga kelganimdan beri hozir o'zimni juda yaxshi his qilyapman. Kruiffga keladigan bo'lsak, uning fikrini hurmat qilaman. U jahonning eng yaxshilaridan biri edi, ammo u xato qilgan bo'lishi mumkin. Biz Messi bilan birga katta yutuqlarga erishishimiz mumkin" - deydi Neymar.