

31 yoshli futbolchi "Valensiya"ni tark etdi va "Beshiktosh"ga o'tdi. Hozircha shartnoma shartlari ma'lum emas.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, "Valensiya" Alvaro Negredo transferidan 2,5 mln. evro ishlab olgan. Ikki yil oldin "ko'rshapalaklar" forvard uchun "Manchester Siti" hisobiga 28 mln. evro o'tkazib bergan edi.
"Beshiktosh" bilan shartnoma 2019 yilning yozigacha belgilangan.



