Nega Antuan Grizmann doim engi uzun futbolkada o'ynaydi?

Narzulla Saydullayev
23 avg 2016, 18:37
E'tibor berganmisiz, nega Antuan Grizmann xoh "Atletiko"da, xoh Fransiya terma jamoasida bo'lsin, doim engi uzun futbolkalarda maydonga tushadi.

Nega doim shunaqa? O'ylab ko'rganmisiz? 

Vanihoyat francuz buning sababini aytib o'tdi. 

Yo'q, bu yerda g'ayrioddiy biror sabab yo'q. Griz yoshligidan Devid Bekhemning muxlisi sanaladi, o'z navbatida angliyalik engi uzun futbolkada harakat qilishni yoqtirgan.

O'sha yillarda, yoshligidanoq francuz Bekhemga taqlid tariqasida shu kabi futbolkalarda maydonga tushadi va bundan tashqari o'z jamoalarida Beks o'ynagan raqam "7"ni olishga harakat qiladi.


Omonjon To'xtamirzaev

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia