

Noqulay ob-havo sharoiti yuz berib, kuchli yomg'ir-jala yog'a boshlaganligi tufayli ushbu bellashuv bekor qilindi. "Fakel" klubi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, uchrashuv ertaga o'tkaziladi.

Shuningdek, "Neftchi"ning 6 fevralda Ukrainaning "Chernomorec" jamoasi bilan o'tkaziladigan uchrashuv rejasiga ham o'zgartirish kiritildi. Yangi rejaga muvofiq, farg'onaliklar 5 fevral kuni Qozog'istonning "AKSU" klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.



