

Uchrashuvda 0:0 hisobi qayd etildi. Shu tariqa, "Neftchi"ning oliy ligada ketma-ket to'rtinchi o'yinda ham gol ura olmadi. O'tgan mavsumning oxirgi ikki turida farg'onaliklar "Qizilqum" va "Metallurg"ga 0:1 hisoblarida yutqazishgandi. Bu mavsum ilk turida G'uzorda "Sho'rtan"ga ham shu hisobda imkoniyat boy berildi. Jamoa oxirgi marta 2016 yil oliy liganing 28-turida "Nasaf" bilan bahsga gol urgandi. O'shanda uchrashuvning 66-daqiqasida Sherzod Hakimov qarshiliklar darvozasini ishg'ol qilgandi. Shunday qilib, "Neftchi"ning golsiz seriyasi 384 daqiqaga etdi.
"Neftchi" oliy liganing 3-turini Namanganda "Navbahor"ga qarshi o'tkazadi.




