"Neftchi": Yoshlarimiz Yozyovonda o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
13 may 2016, 07:47
Xabaringiz bor, Farg'onada Universiada-2016 boshlanishi arafisida bo'lib turibdi.

Viloyatda yirik sport turnirini o'tkazish uchun keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, Farg'ona shahridagi “Istiqlol” stadionida ham Universiada bahslariga qizg'in xozirlik ko'rilmoqda. Shu sababli, “Neftchi” jamoasi “Obod”ga qarshi Oliy liga 9-tur doirasidagi uy o'yinini Qirgulidagi “Neftchi” SK stadionida o'tkazadi. Avvalroq Yoshlar jamoamiz ham aynan mazkur stadionda o'ynashi haqida ma'lumot bergandik. Biroq ma'lum sabablarga ko'ra, Yoshlar ligasi doirasidagi “Neftchi” – “Obod” o'yini Yozyovondagi stadionida bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, asosiy tarkib jamoalari shanba kuni Qirgulidagi “Neftchi” SK stadionida o'zaro bellashadilar. O'yin soat 17:00da start oladi.

“Neftchi” matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz