"Neftchi" yangi futbolchilari taqdimotidan GALEREYA

Sherzod Nurmatov
24 fev 2026
O'lkamizda aziz va muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan xayriya va saxovat tadbirlari keng quloch yoymoqda.

Yurtdoshlarimiz ushbu muborak oyni katta quvonch bilan kutib olish bilan birga o'zaro mehr-oqibatni mustahkamlash, etim bolalar va ehtiyojmand oilalarga yordam ko'rsatish kabi savobli amallarni ixlos bilan ado etishga intilmoqda.

Yaqinlashib kelayotgan yangi futbol mavsumi arafasida bunday xayrli tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash va davom ettirish maqsadida bugun viloyat hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Hayrulla Bozorov hamda Neftchi Farg'ona mas'ul vakillari "Muruvvat" bolalar uyiga tashrif buyurdilar.

Mazkur muassasada jamoa safiga qo'shilgan yangi futbolchilar rasman tanishtirildi. Har bir futbolchiga shaxsiy raqam tushirilgan rasmiy futbolka topshirildi. Eng hayajonli jihati - futbolkalar bolajonlar tomonidan tantanali ravishda taqdim etildi.

Tadbir davomida bolalar bilan samimiy uchrashuvlar o'tkaziladi, ezgu tilaklar bildirildi va Ramazon oyining mehr-muruvvat ruhi yana bir bor namoyon bo'ldi.

Foto: Rustamxo'ja Nabixo'jaev


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia