"Neftchi" uchun jiddiy yo'qotish. Klub futbolchisi bugun Malayziyaga yo'l oladi

Iskandarov Abdulaziz
4 iyul 2023, 16:43
Birinchi davradan so'ng "Neftchi" jamoasini tark etadigan bir nafar futbolchi aniq bo'ldi.

Yarim himoyachi Nurillo To'xtasinov ikkinchi davradan boshlab Malayziyaning "Terengganu" jamoasida to'p tepadi. Nurillo bugun kechki payt Malayziyaga uchib ketadi.  Mamlakat Superligasida ishtirok etadigan mazkur klub safida yana bir o'zbekistonlik futbolchi Sardor Qulmatov ham to'p tepmoqda. Ulardan tashqari Baxrayn, Xorvatiya, Gana, Filippin mamlakatidan kelgan legionerlar ham tarkibdan o'rin olgan. 

Ma'lumot uchun, Nurillo To'xtasinov birinchi davrada "Neftchi" safida 13ta uchrashuvda maydonga tushdi. Raqib darvozasiga 3 bor yo'l topdi va 2ta assist qayd etdi. U 2023 yilgi qishki transferlar vaqtida "Navbahor"dan "Neftchi"ga ko'chib o'tgan edi. 

Transfermarket portali futbolchini 800 ming evroga baholagan. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia