“Suvon”dan uchralgan mag'lubiyat
Bugun Janubiy Koreyaga qarshi o'yin borligi uchun mashg'ulot o'tkazilmadi. Nihoyat, mahalliy vaqt bilan soat 17:00 da (Toshkent vaqti bilan soat 20:00)da nazorat uchrashuvi boshlandi. Birinchi bo'lim teng kurashlar ostida o'tdi. Bo'lim yakunida “Neftchi” futbolchilari hisobni ochishlari mumkin edi. Ammo qulay imkoniyat qo'ldan boy berildi. Birinchi bo'lim nursiz durang qayd etildi.
Ikkinchi bo'limda ham o'yin teng kurashlar ostida o'tdi. Lekin koreyaliklar yuzaga kelgan ikkita vaziyatdan foydalanib, yakunda 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi.
Nazorat uchrashuvi
“Suvon” – “Neftchi” 2:0 (0:0)
“Neftchi”: Qobuljonov, Mehmonov, Rahmonov, Ermatov, Fomin, Onika, Olimov, Rahmatov, Murodov, Abdullaev, Zokirov.
Zaxira: Hasanov, Kleckov, Petkovich, Jiyamurodov, Alijonov, Qodirov, Ponamaryov, Rasulov, Boboxonov, Muzaffarov.
Futbolchilar qanday fikrda
Antaliya yig'inida qatnashayotgan “Neftchi” jamoasi a'zolarining fikrlarini berib borishni davom ettiramiz.
Jahongir Jiyamurodov: “Neftchi”da meni yaxshi kutib olishdi”
Turkiyaga kelishdan oldin “Neftchi” bilan shartnoma imzolagan Jiyamurodov ham qolgan futbolchilar qatori mashg'ulotlarda astoyidil mehnat qilmoqda.
“Avvalo, jamoa a'zolari meni yaxshi kutib olishganini alohida takidlashim lozim. “Neftchi”da o'zimni yaxshi his etyapman. Antaliyadagi mashg'ulotlar qiziqarli tarzda o'tmoqda. O'ylaymanki, qilgan mehnatlarimiz besamar kyetmaydi”.
Saydullo Rahmatov: “Bunday yig'inlarning foydasi katta”
O'tgan yili o'rinbosarlar safida yorqin o'yin namoyish etgan ushbu yosh yarim himoyachi sekin asta mahoratini oshirib bormoqda. Bu borada futbolchining o'zi shunday deydi.
“Shubhasiz, bu yig'in mahoratimni yanada oshirishimga katta yordam beradi. Har kuni mashg'ulotlardan yangi narsalarni o'rganyapman. Futbolchi uchun mana shunday yig'inlarning foydasi beqiyosdir. Yangi mavsumda muxlislarni quvontirishga harakat qilaman”.