“Neftchi” Turkiya yig'inini yakunladi

Narzulla Saydullayev
3 mar 2014, 12:18
Farg'onaliklar rejaga ko'ra Turkiadagi yig'inni yakunlab bugun yurtimizga qaytib keldi.
Tong sahar chamasi 7:00da Toshkent xalqaro aeroportiga yetib kelgan “Neftchi” a'zolariga qisqa muddatli dam berildi. Endi jamoa 5 mart kuni Farg'onada yig'iladi va chempionat startiga qadar o'z bazasida shug'ullanadi. Xorij yig'ini mobaynida jamoa ko'rigida bo'lgan gruziyalik yarim himoyachi Levani Gavzava katta ehtimol bilan joriy mavsumni “Neftchi”da boshlaydi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia