"Neftchi" Superliga jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

Iskandarov Abdulaziz
16 dek 2022, 19:10
"Neftchi" lageridan daraklar.

Avvalroq jamoa Toshkentda mashg'ulotlarni olib borayotgani va tarkibga yangi futbolchi kelib qo'shilgani haqida xabar bergan edik. "Neftchi"ning poytaxtdagi yig'ini doirasidan o'rtoqlik uchrashuvi ham o'rin olganini takidlash mumkin. Farg'onaliklar 21 dekabr kuni Superliga vakili "Bunyodkor" jamoasi bilan ilk o'rtoqlik bahsida maydonga tushadi. Uchrashuv "Chig'atoy" maydonida o'tkazilishi rejalashtirilmoqda. 

Vaziyatga qarab yig'in yakuniga qadar yana bitta jamoa bilan o'yin tashkil qilinishi ehtimoli yo'q emas. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia