"Neftchi" "So'g'diyona" bilan durang o'ynadi

Narzulla Saydullayev
27 iyul 2013
"Neftchi" bugun Toshkent shahrida bo'lib o'tgan yig'in doirasida so'nggi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.
Bu gal “Neftchi”ga oliy liga debyutanlaridan biri – Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi raqiblik qildi. O'yin shiddatli kurashlarga boy tarzda o'tib, uchrashuvda 2:2 hisobi qayd etildi. Farg'onaliklardan gollarni Pavel Smolyachenko va Iqbol Akramovlar kiritishdi.

Bugun jamoa a'zolari 15 kun davom etgan yig'inni yakunlab, Farg'onaga qaytib kelishadi.

Aytish joizki, ikkinchi davraga qizg'in hozirlik ko'rayotgan jamoa Toshkentdagi yig'in chog'ida oltita nazorat uchrashuvini o'tkazdi. O'yinlarning ikkitasida farg'onaliklarsh (“Olmaliq” 3:0) va (“Lokomotiv” 3:2 ustidan) g'alaba qozonishdi. To'rtta bahsda (“Paxtakor” 1:1, “Guliston” 3:3, “Dinamo” va “So'g'diyona” 2:2) durang natija qayd etildi.

“Neftchi” PFK Matbuot xizmati

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz