

O'zPFL direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Diyor Imomxo'jaev telegram kanalida ma'lum qilishicha klub rossiyalik futbolchi oldidagi qarzining ma'lum miqdorini to'lagan.
"Neftchi futbol klubi ustidan uning sobiq legioneri Vyacheslav Sushkin FIFAga arz qilgach, Farg'ona klubi uchun ketma-ket uch transfer oynasi yopib qo'yilgandi. Bizdagi ma'lumotga ko'ra, "Neftchi" qarzdorlikning 45 foizini yopishga erishdi. Tez orada Sushkin bilan to'liq hisob-kitob qilish ustida ishlanyapti".
Ma'lumot o'rnida aytish mumkinki, jamoa Pro liganing dastlabki ikki turida yuz foizlik natija qayd etgan holda turnir jadvalida birinchi o'rinda ketmoqda.



