"Neftchi": Murodbek Bobojonovni tabriklaymiz

Narzulla Saydullayev
16 iyul 2014
Bugun "Neftchi" FK a'zosi Murodbek Bobojonovni tug'ilgan kuni. Istedodli hujumchi 20 yoshga to'ldi.
Birinchi davrada o'zining foydali gollari bilan jamoa muvaffaqiyatlariga hissa qo'shgan Bobojonovdan muxlislarning ikkinchi davrada ham umidi katta.

Fursatdan foydalanib Murodbek Bobojonovni bugungi tavallud ayyomi bilan "Neftchi" futbol klubi rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar va barcha ishchi xodimlari nomidan tabriklaymiz.

Murodbekka uzoq umr sihat-salomatlik, oilasi va yaqinlariga baxtiga hamisha sog' bo'lishini Yaratgandan so'rab qolamiz!

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz