“Neftchi” - “Metallurg” 0:0

Nadirkhuja Yuldashev
6 sen 2013
30 avgustdan boshlab Toshkentda yig'in o'tkazgan “Neftchi” jamoasi Qibrayda Rustam Mirsodiqov bosh murabbiyligidagi “Metallurg” jamoasiga qarshi o'rtqolik uchrashuvida maydonga tushdi.
Uchrashuv keskin kurashlarga boy tarzda o'tdi. Ammo butun o'yin davomida tomonlar gol kiritishning uddasidan chiqa olishmadi. Aniqrog'i, bahs 0:0 hisobi bilan itiho topdi.

Mazkur uchrashuvdan keyin “Neftchi”ning Toshkentda o'tkazilgan kichik yig'ini poyoniga etdi. Endi futbolchilarga ikki kunlik tatil beriladi. “Neftchi” a'zolari 8 sentyabrdan boshlab Qirgulidagi bazada “Olmaliq”qa qarshi kechadigan o'yinga hozirlik ko'rishadi.

Eslatib o'tamiz, Oliy liga 18-turida o'rin olgan “Neftchi” – “Olmaliq” uchrashuvi 14 setyabr kuni Qirgulidagi “Neftchi SK” stadionida bo'lib o'tadi.


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: fcneftchi.uz