“Neftchi Jarqo'rg'on” – Qashqadaryo hokimi kubogi sohibi!

Narzulla Saydullayev
3 fev 2017
Bir necha kunlardan buyon Qashqadaryo viloyatining to'rtta shahrida ananaviy Qashqadaryo viloyati hokimi kubogi bahslari bo'lib o'tdi.

Bugun kubok bahslarining so'nggisi – final uchrashuvi o'tkazildi.

Final uchrashuvi davomida Qarshi shahrida kuchli qor yog'ib turdi. Har ikkala final ishtirokchilarining roziligi bilan, final uchrashuvi o'tkazilishiga qaror qilindi.

Xabaringiz bor, avval “Nasaf” jamoasida to'p tepgan va keyin jamoa o'rinbosarlarida murabbiylik qilgan – Bahodir Anaamatov hozirda Surxondaryo viloyati Jarqo'rg'on shahriga qarashli “Neftchi” jamoasida murabbiylik qilmoqda.

Bugun “Nasaf” jamoasining ikki sobiq o'yinchilari – Nurali Sultonov va Bahodir Annamatovlar qo'l ostidagi “Barkamol” hamda “Neftchi” jamoalari final uchrashuvda kuch sinashdi.

Noqo'lay ob-havoga qaramay maydonga tushgan futbolchilar bor kuchlari bilan harakat qilishdi. Chunki, bu final uchrashuvi edi. Uchrashuv birinchi bo'limi teng kurashllar ostida kechdi. Ammo birinchi bo'limning so'nggi daqiqasiga kelib, omad mehmon jamoaga kulib boqdi. Bahodir Annamatov shogirdlari uchrashuvdagi hisobni 45-daqiqada ochishga erishdi. Golga Samandar Ochilov mualliflik qildi.

Ikkinchi bo'lim ham uchrashuv keskin kurashlar ostida davom etdi. Ikkinchi bo'limning 55-daqiqasida mehmonlar yana bir marta gol urishga erishdilar. Ushbu golni 55-daqiqada Abdulqosim Qurbonov kiritdi. Qurbonov maydonga uchrashuvning  ikkinchi bo'lim boshida tushirilgan edi.

Bu hisob o'yin oxirigacha saqlanib qoldi. Uchrashuvda darvozalarga boshqa gollar kiritilmadi.

Shunday qilib, Bahodir Annamatov qo'l ostidagi “Neftchi” jamoasi bosh sovrin sohibiga aylandi.

Uchrashuv yakuniga etkach, viloyat futbol federatsiyasi vice prezidenti Norqul Daminov va boshqa rasmiy kishilar kubok musobaqasi g'oliblariga kubok, diplom va esdalik sovg'alarini tantanali ravishda topshirishdi.

Qashqadaryo viloyati hokimi kubogi. Final. 03.02.2017

“Barkamol” (Qarshi) – “Neftchi” (Jarqo'rg'on) 0:2 (0:1)
“Nasaf” FM maydoni. 11:00da
Bosh hakam:
Konstantin Smirnov (Qarshi)
Qanot hakamlari: Zufar Eliboev, Artyom Kalinin (ikkalasi ham Qarshidan)
Zaxira hakami: Asror Xo'jaev (Qarshi)
Nazoratchi: Aleshnikov V.R. (Qarshi)

Gollar: Samandar Ochilov, 45’-0:1, Abdulqosim Qurbonov, 55’-0:2

“Barkamol”: 21.Abduvohid Ne'matov, 5.Sherzod Nasrullaev, 8.Xudoyorxon Sagdullaev, 10.Sirojiddin Ettiboev, 16.Akmal Mozgovoy, 20.Dilshod Saitov, 22.Navro'z Saidov, 24.Muxriddin Shamsiddinov (42.Mirzabek Joniqulov 46), 27.Yodgor Nazarov, 32.Farruh Absalomov, 34.Ilhom Alijonov (s).
Zaxira: 48.Elshod Qodirov, 9.Elbek Otaqulov, 18.Siyovush Yakubov, 17.Sardor Sadullaev, 19.Husniddin Aliqulov, 28.Saddam To'xtaev.
Bosh murabbiy:  Nurali Sultonov

“Neftchi”: 1.Otabek Sadiev, 4.Samandar Ochilov, 3.Botir To'raev (Abdulqosim Qurbonov 46), 5.Asljon Mansurov, 7.Sanjar Shomurodov (s), 11.Iskandar Qurbonov, 14.Zafar Qoraqulov, 15.Jamshid Bakirov, 17.Bobur Choriev, 18.Diyor Karimov, 20.Mirjalol Annamatov.
Zaxira: Javoxir Komilov, Rustam Choriev, Jafar Ismoilov, Javohir Ashurov, Rustam Jo'raev, Azizbek Choriev.
Bosh murabbiy: Bahodir Annamatov

Ogohlantirishlar: Ilhom Alijonov 45, Mirzabek Joniqulov 59 (ikkalasi ham “Barkamol”dan).


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: voha.uz