

Ushbu holat yuzasidan "Neftchi" futbol klubi quyidagilarni ma'lum qildi:
"Neftchi" PFK sobiq futbolchilar bilan shartnomadagi bandlarda ko'rsatib o'tilgan moddiy pul mablag'laridan bo'lgan qarzdorlik to'liq bartaraf etildi. Bundan tashqari, yana bir sobiq futbolchi bilan o'zaro shartnomadagi moddiy qarzdorlik bo'yicha O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan chiqarilgan qaror yuzasidan shikoyat appelyaciyasi kiritilgan. Hozirgi kunda jamoaning futbolchilar bilan shartnomalari bo'yicha qarzdorligi yo'qligini ma'lum qilamiz", – deyiladi xabarda.
Eshitdik-da! "Neftchi", "Qo'qon-1912" va "Buxoro"dan uch ochko olib tashlanishi mumkin



