"Neftchi": Ismoilov birinchi mashg'ulotini o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
3 yanv 2014, 21:00
Bugun “Neftchi” bosh murabbiyi etib taynlangan Murodjon Ismoilov eng shimarib ishga kirishdi.
Aniqrog'i, Ismoilov birinchi mashg'ulotini o'tkazdi. Mashg'ulotda ishtirok etgan futbolchilar:

Darvozabonlar: G'ayrat Hasanov, Xislat Chilmatov, Farrux Turdaliev, Sardor Qobuljonov.

Himoyachilar: Dilyorbek Irmatov, Vyacheslav Ponamaryov, Iqbol Boboxonov, Devid Oniya, Shavkat Raimqulov.  

Yarim himoyachilar: Baxtiyor Yoqubov, Sanjar Asqaraliev, Mirzakamol Kamolov, Saydullo Rahmatov, Maruf Murodov, G'ulomhaydar G'ulomov.

Hujumchilar: Nosir Otaqo'ziev, Otabek Haydarov, Umid Qodirov, Otabek Zokirov, Otabek Isroilov.

Sal avval Igor Taran “Neftchi” bilan shartnoma imzolangani haqida xabar bergandik. Aslida esa bugun Igor Toshkentga qaytib ketgan. Ma'lum bo'lishicha, u murabbiylardan uch-to'rt kunga javob so'ragan. Taran bilan muzokaralar davom etmoqda. O'tgan mavsumni “So'g'diyona”da o'tkazgan Maruf Murodov bilan bir yillik bitim imzolangan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz