"Neftchi" fevral oyida Turkiyada yig'in o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
5 yanv 2014, 14:23
Bugun ham “Neftchi” jamoasi ikki mahal mashg'ulot o'tkazdi. Murodjon Ismoilov futbolchilarning jismoniy holatiga alohida e'tibor berayotir.
Bugungi mashg'ulotda kecha Farg'onaga yetib kelgan Ro'zimboy Ahmedov ham ishtirok etdi. Shuningdek, o'tgan mavsumni ijara asosida “Andijon”da o'tkazgan Sardor Soipov ham mashg'ulotlarda qatnashmoqda.

“Neftchi” mashg'ulotda ishtirok etayotgan futbolchilar bilan tanishing:

Darvozabonlar: G'ayrat Hasanov, Xislat Chilmatov, Farrux Turdaliev, Sardor Qobuljonov.

Himoyachilar: Dilyorbek Irmatov, Vyacheslav Ponamaryov, Iqbol Boboxonov, Devid Oniya, Shavkat Raimqulov, Doston Tursunov, Dostonbek Tursunzoda, Zokir Nurmatov.  

Yarim himoyachilar: Baxtiyor Yoqubov, Sanjar Asqaraliev, Mirzakamol Kamolov, Saydullo Rahmatov, Maruf Murodov, G'ulomhaydar G'ulomov, Javohir Rasulov, Izzatbek G'aniev, Alisher Fayzullaev, Pavel Smolyachenko, Sardor Soipov.

Hujumchilar: Nosirbek Otaqo'ziev, Otabek Haydarov, Umid Qodirov, Otabek Zokirov, Otabek Isroilov, Ro'zimboy Ahmedov.

Rejaga ko'ra, Farg'onadagi yig'in 9 yanvargacha davom etadi. Shu kuni “Qo'qon-1912” va Farg'onaning “Dinamo” jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlari tashkil etiladi.

Keyingi yig'in 12-30 yanvar kunlari Toshkentda bo'lib o'tadi. Poytaxtdagi yig'inda bir nechta nazorat uchrashuvlari o'tkazish rejalashtirilgan.

“Neftchi” odatdagidek bu yil ham “Hokim kubogi” bahslarida qatnashadi. Mazkur musobaqa 2-7 fevral kunlari bo'lib o'tadi.

9 fevral kuni “Neftchi” a'zolari navbatdagi yig'inni o'tkazish uchun Turkiyaning Antaliya shahriga jo'nab ketadi. Turkiyada ham bir qator nazorat uchrashuvlarini o'tkazish ko'zda tutilgan. Ushbu yig'in 24 fevralga qadar davom etadi.

Tayyorgarlikning so'nggi bosqichi 28 fevral kunidan boshlab klub qarorgohida davom ettirladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz