"Neftchi" ertaga xorij klubiga qarshi o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
2 fev 2018, 18:51
Farg'onaning "Neftchi" jamoasi "Hokim Kubogi-2018" turnirini "A" guruhi yetakchisi sifatida davom ettirmoqda.

Xabaringiz bor, mazkur guruhdan turnirning eng kuchli jamoalari o'rin olgan va guruhda eng ko'p ochko to'plagan jamoa chempionlikni qo'lga kiritadi.

"Neftchi" jamoasini oldinda 2 ta bahs kutib turibdi. Ertaga Kovshov shogirdlari "O'sh"ga qarshi raqobat olib borishsa, 5 fevral kuni "Istiqlol" hal qiluvchi o'yinda raqiblik qiladi. Xar ikkala o'yin ham Qirgulidagi "Neftchi" stadionida soat 15:00da start oladi.

Bugun kunning ikkinchi yarmida jamoa Qirgulidagi mashg'ulotlar maydonida shug'ullandi va ertagalik bahsga tayyorgarlik davom ettirildi. Quyida so'nggi mashg'ulotlardan fotosuratlarni tomosha qiling

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Нефтчи” матбуот хизмати