"Neftchi" chempion bo'lgan oxirgi mavsumda o'zbek va dunyo futboli qanday edi?

Iskandarov Abdulaziz
11 noya 2025, 15:46
Farg'onaning "Neftchi" jamoasi joriy mavsumda o'zining tarixdagi 6-chempionligini qo'lga kiritishga yaqin turibdi.

O'zbek futboli tarixidagi yorqin jamoalardan biri so'nggi bor 2001 yilgi mavsumda chempionat oltin medallariga ega chiqqan. Shundan beri oradan 24 yil vaqt o'tdi. Bosh sovrin uzoq yillar Toshkentda "Paxtakor", "Bunyodkor", "Lokomotiv" qo'lida yurdi. Keyin esa o'tgan yili "Nasaf" uni o'ziniki qildi. Bu mavsumda "Neftchi" yaqin kelyapti.  

"2001 yil 9 noyabr. O'sha kuni “Neftchi” aslida 20 iyun kuni o'tkazilishi lozim bo'lgan 17-turning qoldirilgan uchrashuvida Toshkent viloyatining “Do'stlik” jamoasini qabul qildi. G'alaba Yuriy Sarkisyan boshchilik qilayotgan jamoaning tarixda 5-bo'lib oltin medallarga ega chiqishini anglatardi. Buni yaxshi anglagan “Neftchi” dastlabki daqiqalardan oldinga tashlandi. Stadionni to'ldirib o'tirgan ishqibozlar Umid Isoqov va Mansur Saidov mehmonlar darvozasini ishg'ol qilganda ajoyib xursandchilik bilan gollarni nishonlashgandi. Ayniqsa, o'yinning oxirgi daqiqalarida yaqinlashib kelayotgan chempionlikni nishonlash esda qolarli bo'lgan. Oxir-oqibat uchrashuv 2:0 hisobida farg'onaliklar muvaffaqiyati bilan tugadi. Stadion esa tom manoda “portladi”. G'alaba, chempionlik shahar ko'chalarida bayram qilingandi",- deya eslaydi hamkasbimiz Behzod Nazarov.

O'sha yili jamoa tarkibida Timur Kapadze, Mansur Saidov porlab chiqqan. Tajribali nomlardan aka-uka Do'rmonovlar, Sergey Ni, darvozada Georgi Zabirov asosiy ishni bajargan. Qizig'i biz yarim himoyachi sifatida tanigan Kapadze Sarkisyan qo'l ostida hujumda harakat qilgan, o'sha yili Superligada 8 ta o'yinda 2 ta gol urgan. Keyingi mavsumda esa "Paxtakor"ga yo'l olgan. Akmal Xolmatov, Umid Isoqov, Valentin Poddubni, Aleksandr Pisarevlar ham g'alabalarga munosib hissa qo'shgan. 

“NEFTCHI”-2001


Futbolchi

Tug'.sana

O'yin          

Gol      

Abdumajid Toirov

05.08.1974             

33

4

Akmal Xolmatov

04.04.1976

33

7

Umid Isoqov

22.12.1978

32

28

Stanislav Kudryashov                  

20.08.1975

32

-

Sergey Ni

03.08.1975

32

15

Vladimir Radkevich

31.03.1976

32

5

Anvar Berdiev

11.05.1978

31

14

Georgiy Zabirov

01.06.1974

31

-24

Rustam Do'rmonov

28.01.1969

26

7

Otabek Shomurodov

21.07.1974

26

-

Abdusamad Do'rmonov

15.11.1965

23

-

Mansur Saidov

01.11.1983

23

3

Valentin Poddubniy

05.07.1974

22

1

Sherzod Rayimjonov

28.04.1979

19

1

Yakub Memetov

09.07.1975

16

-

Ravshan Mataliev

05.03.1978

12

-

Ilya Kovalenko

17.04.1980

9

1

Temur Kapadze

05.09.1981

8

2

Aleksandr Pisarev

21.07.1973

8

3

Vitaliy Petrov

01.04.1974

6

-

Vladislav Filippov

22.05.1971

5

-3

Anton Nazarikov

02.07.1980

3

-

Maqsud Toirov

13.01.1978

2

-


Bundan tashqari 2001 yil futbolimizda yana nimalar bo'lganini ko'rib chiqsak. 

"Keksa sinora" tarkibida ilk bor o'zbekistonlik yarim himoyachi Ilyos Zeytullaev paydo bo'ldi. Bu o'sha davr uchun haqiqatdan ham kutilmagan va shov-shuvli voqeasi sifatida qabul qilingan. 

Jarohat sabab butsalarini erta mixga ilgan Shuhrat Maqsudov xayrlashuv uchrashuvini o'tkazgan. Stadionga minglab tomoshabinlar tashrif buyurgan.

 

Futbolimizda yangi davr boshlangan paytlar. O'zbekiston terma jamoasiga rossiyalik Vladimir Salkov olib kelingan. Lekin u ham Jahon chempionatiga olib chiqa olmagan. O'zbekiston Yaponiya va Janubiy Koreya mezbonlik qiladigan mundialdan chetda qolgan.

O'zbek futboli afsonasi Mirjalol Qosimov "Krilya Sovetov" tarkibida muhim figura bo'lib xizmat qilgan. U samaraliklar safida 46 ta o'yinda 6 ta gol urgan.

"Neftchi" hujumchisi Umid Isoqov 28 ta gol bilan chempionatning eng yaxshi to'purari sifatida qayd etilgan.

Bahrom Hakimov ustozligidagi "Nasaf" o'sha yili Osiyo Chempionlar Kubogidagi yurishini boshlagan. Yakunda "ajdarlar" yarim finalgacha yetib borgan. 


O'zbekiston terma jamoasi sobiq murabbiyi Ektor Kuper YCHLda "Valensiya" bilan finalda "Bavariya"ga engilgan. Qiziq fakt, Kuper 2000 yilgi mavsumda ham finalgacha yetib kelgan va "Real Madrid"ga engilgan. 

Maykl Ouen "Oltin to'p"ni yutgan. Hozirgacha u bu sovringa ega chiqqan oxirgi ingilis futbolchisi bo'lib turibdi. 

2001 yil siz uchun yana qanday voqealar bilan esda qolgan?

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia