

Ayni vaqtga kelib bellashuvning boshlanish vaqti ma'lum bo'ldi. Farg'ona hamda Toshkent jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 16 aprel kuni soat 17:00da start oladi. O'yinga Farg'ona shahridagi “Istiqlol” stadioni mezbonlik qiladi.
Yoshlar ligasi doirasidagi “Neftchi” – ” Bunyodkor” bellashuvi esa 15 aprel kuni Qirgulidagi “Neftchi” SK stadionida soat 16:00da boshlanadi.
“Neftchi” matbuot xizmati



