“Neftchi” – “Bunyodkor”: O'yin dasturnomasi sotuvga chiqdi

Narzulla Saydullayev
16 apr 2017, 12:31
Xabaringiz bor, turning oxirgi uchrashuvida Farg'onaning "Neftchi" jamoasi o'z maydonida Toshkentning "Bunyodkor" klubini qabul qiladi

Albatta, Farg'onada o'yinga bo'lgan qiziqish yuqori. Bahs avvalida muxlislarning uchrashuv borasidagi ma'lumotlarini yanada boyitish maqsadida o'yin “programkasi” yani uchrashuv dasturnomasi sotuvga chiqarildi. Narxi, atiga 1000 so'm.

Siz mazkur dasturnomada “Neftchi” – “Bunyodkor” o'yinida ishtirok etishi mumkin bo'lgan futbolchilarning to'liq tarkibi, o'yinni boshqarib boradigan hakamlar guruhi, o'zaro o'yinlar statistikasi (prevyu), jamoalarga oid so'nggi yangiliklardan boxabar bo'lishingiz mumkin.

O'yin dasturnomasi stadionning oldi tarafdagi kassalarida sotilmoqda.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz