
Himoyachi Shukurali Po'latov birinchi davraning barcha o'yinlarida to'liq ishtirok etgan yagona futbolchi sanaladi. Sardor Mirzaev ham barcha uchrashuvlarda maydonga tushgan. Ammo u bitta o'yinda almashtirilgan. Jamoa yetakchilari Mansur Saidov, Iqbol Akramov, Sanjar Asqaralievlar hisobida 12 tadan o'yin bor. Dilyorbek Ermatov, Otabek Isroilov va Sherzod Hakimovlar 11 tadan o'yinda maydonga tushishgan.
Birinchi davrada maydonda eng kam harakat qilgan futbolchi – Umid Qodirov. Yosh hujumchi Buxoroda o'yin yakunlanishiga etti daqiqa vaqt qolganida maydonga tushgan.
Gol urish borasida hozircha jamoadan ketgan Anvar Berdiev va Sardor Mirzaevlar yetakchilik qilishmoqda. Har ikki futbolchi o'z hisobida uchtadan gol yozib qo'yishgan. Mirzaevda ushbu natijani yaxshilash imkoniyati bor.
Neftchi jamoasi futbolchilarining
birinchi davradagi ko'rsatkichlari
Futbolchi | O'yin | Daqiqa | Gol | SK | QK |
Shukur Po'latov | 13 | 1170 | 0 | 2 | 0 |
Dilyorbek Ermatov | 11 | 990 | 2 | 4 | 0 |
Otabek Isroilov | 11 | 586 | 1 | 2 | 0 |
Shavkat Nasibullaev | 9 | 745 | 0 | 2 | 0 |
Baxtiyor Yoqubov | 12 | 920 | 0 | 1 | 0 |
Mansur Saidov | 12 | 1019 | 0 | 2 | 0 |
Anvar Berdiev | 6 | 339 | 3 | 0 | 0 |
Iqbol Akramov | 12 | 933 | 1 | 0 | 0 |
Sardor Mirzaev | 13 | 1139 | 3 | 3 | 0 |
Sherzod Hakimov | 11 | 560 | 2 | 4 | 0 |
Muhsin Nizomiddinov | 5 | 493 | 0 | 2 | 0 |
Farrux Turdaliev | 8 | 720 | -7 | 1 | 0 |
Aziz Alijonov | 7 | 251 | 1 | 1 | 0 |
Sardor Soibov | 6 | 142 | 0 | 0 | 0 |
Sanjar Asqaraliev | 12 | 1080 | 1 | 2 | 0 |
Xurshid Xo'jaev | 5 | 450 | -10 | 1 | 0 |
G'ayrat Jumaev | 3 | 270 | 0 | 0 | 0 |
Iqbol Boboxonov | 10 | 900 | 0 | 4 | 0 |
Otabek Zokirov | 9 | 233 | 0 | 0 | 0 |
Umid Qodirov | 1 | 7 | 0 | 0 | 0 |
Kim qancha gol urgan:
1 S. Mirzaev 3
2 A. Berdiev 3
3 SH. Hakimov 2
4 D. Ermatov 2
5 I. Akramov 1
6 S. Asqaraliev 1
7 A. Alijonov 1
8 O. Isroilov 1
Avtogol F. Turdaliev 1.
KIMDA NECHTA KARTOCHKA BOR:
Chempionatda
SH. Hakimov – 4 ta
I. Boboxonov – 4 ta
D. Ermatov – 5 ta
I. Akramov – 3 ta
B. Yoqubov – 1 ta
M. Saidov – 2 ta
S. Asqaraliev – 2 ta
SH. Po'latov - 2 ta
M. Nizometdinov – 2 ta
A. Alijonov – 1 ta
X. Xo'jaev 1 ta
S. Mirzaev 3 ta
O. Isroilov 2 ta
F. Turdaliev 1 ta
“Neftchi” PFK Matubot xizmati